BARKAMOL AVLOD TARAQQIYOT POYDEVORI!

Menyu 
Bo`limlar 
Maqolalar
Fizikadan virtual labaratoriya va flash animatsiyalar
Fizika fanini o’rganish uchun dasturiy ta’minotlar
O’quv-metodik qo’llanmalar
O’rta Osiyo va Sharq mutaffakir-fizik olimlari
 


Saytdan izlash 

Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.

Islom KARIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Assalomu alaykum! Hurmatli o'quvchi!
Fan-texnikaning taraqqiyoti va axborot texnologiyalari sohasida erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman muammolarni yechish imkonini beradi. Ta'lim tizimida o'quv jarayonlarini tashkil qilishning sifat ko'rsatkichlarini jahon andazalari darajasiga ko'tarish, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik uslublar va axborot texnologiyalarini keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda aniq fanlarni o'qitishda foydalanishga mo'ljallangan kompyuter dasturlari kundan kunga ko'payib bormoqda. Shu o'rinda "Mazkur dasturlardan unumli foydalana olyapmizmi?" degan haqli bir savol tug`iladi.

Yuqoridagi mulohazalarni e'tiborga olib, bir necha yil davomida to'plangan tajribalarni "Ta'limga yangicha nigoh" shiori ostida ushbu saytda e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

Biz fizika, matematika, informatika, geometriya va ingliz tili fanlarini o'qitishga oid bo'lgan axborot resurslari bazasini to'pladik, ulardan ayrimlarini hukmingizga havola qilamiz.

Saytning yanada takomillashishi uchun fikr va mulohazalaringizni quyidagi electron manzilda kutib qolamiz:
E-mail: creative_uz@gmail.com

"KELAJAK OVOZI - 2008" YANGILIKLARI

Toshkentda "O'zbekiston madaniyat va san'ati Forumi" Fondi va "Kamolot" YOIH bilan hamkorlikda o`tkazilayotgan iqtidorli yoshlarning "Kelajak ovozi-2008" ko`rik-tanlovi va "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazining yozgi o`quv lagerlariga bag`ishlangan matbuot konferentsiyasi bo`lib o`tdi.

"Yoshlar yili" davlat dasturiga binoan bu yo`nalishda qilinayotgan ishlar miqyosi kundan kunga kengaymoqda. Dasturda yosh avlodning iqtidorlilarni topish, ularning qobiliyatlari va qiziqishlariga ko`maklashish, har tomonlama qo`llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilgan. "O'zbekiston madaniyati va san'ati Forumi" Fondi bu yo`nalishda bir qator ijtimoiy loyihalar, grant dasturlarini amalga oshirmoqda, festivallar, konferentsiyalar, ko`rik-tanlovlar, kontsertlar va badiiy ko`rgazmalar o`tkazmoqda.

Mufassal >>

«« Yanvar 2009 »»
Du Se Ch Pa Ju Sh Yak
   1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31
07.01.2009
SAYT KOORDINATORLARI

Hamidov Abduvohid Sobirovich

Toshkent Davlat Axborot-texnologiyalari Universiteti, "Fizika" fani o'qituvchisi

Pulatov Ulug'bek Temurovich

O'zbekiston Milliy Universiteti, "Fizika" fakulteti talabasi







                Muallif: Pulatov Ulug'bek - 2008