|
Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Islom KARIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Assalomu alaykum! Xurmatli mehmon!
Sizni bu sahifada ko‘rayotganimdan xursandmiz.
Fan – texnikaning rivojlanishi va axborot texnologiyalar sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli tuman yangidan yangi muammolarni yechishga imkon beradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonlarini tashkil qilishni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanib, bu o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazadi.
Bugungi kunda aniq fanlarni o‘qitishda xorijiy va mahaliy kompaniyalarning hozirda yaratayotgan dasturlari (kompyuter programmalari) kundan kunga ko‘payib bormoqda. Shu dasturlardan biz unumli foydalana olmoqdamizmi? degan bir o‘rinli savol paydo bo‘ladi.
Shu yuqoridagi mulohazalarni e’tiborga olib, kamina xodimingiz bir necha yillar davomida to‘plagan tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida "Ta’limga yangicha nigoh" shiori ostidagi shu saytni Oliy maqom e’tiboringizga havola etmoqdalar.
Biz fizika, matematika, informatika, ximiya va biologiya fanlarini o‘qitishga oid bo‘lgan axborot resurslar bazasini to‘pladik, ularning ayrimlarini shu saytga joylashtirdik.
Bu kamtarona saytimizning sifatini va mazmunini yanada takomillashtirishga qaratilgan tanqidiy fikr va mulohazalar bildirgan o‘rtoqlarga oldindan o‘z tashakkurini bildiramiz.
Fikr mulohazalaringizni qo‘yidagi elektron pochtaga yuborishingiz mumkin: ulushka@gmail.com
Umid qilamizki bu saytdagi maqolalarni o‘qib siz o‘zingizga foydali bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarni olasiz.
|